Osiyoning eng istiqbolli 5 iqtisodiyoti
O‘tgan yili Manila xalqaro aeroportidan chiqaverishda ko‘zga tashlangan birinchi narsa tezkor magistral uchun estakadalarning qurilishi bo‘ldi.
Yil oxirida 11,6 kilometrli NAIA Expressway avtomobil yo‘li qurilishi yakunlandi. Bu tipik infratuzilmaviy obekt — Filippin iqtisodiyotini o‘sishga faol undab, unga Osiyoning boshqa mamlakatlariga yetib olish imkonini beradi.
Filippin — Yaponiyadan Singapurgacha cho‘zilgan mintaqaning iqtisodiy mexanizmlaridagi atigi birgina muvaffaqiyatli "vint"i, Osiyodagi infratuzilmaviy bum esa - iqtisodiyot faol rivojlanishning yagona sababi emas. InsiderPro Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi istiqbolli iqtisodiyotga ega besh mamlakat ro‘yxati bilan bo‘lishdi:
1. Laos
Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, qat'iy kommunistik pozitsiyadagi hukumatga ega bu nochor mamlakat joriy yilda o‘z iqtisodiyotini 7 foizga yaxshilaydi. Bu uning energetika sektoriga sarmoya kiritilgani hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi bilan uzviy aloqalar sabab ro‘y beradi.
Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan, 7 millionga yaqin aholiga ega mamlakat 2020 yilga borib, 10 foiz uy xo‘jaliklari elektr ta'minoti tarmoqlarini yaxshilash ustida ishlamoqda.
Energetika vazirligi saytiga ko‘ra, elektr energiyasi eksporti ham rejaga kiritilgan. Bundan tashqari, endi Laosda biznes yuritish osonlashadi - bu yangi qabul qilingan qonunlar samarasi bo‘ladi. 2016 yilda YaIM 13,7 milliard dollarni tashkil qildi.
2. Filippin
Jahon bankiga ko‘ra, poytaxtdagi tezkor magistral — joriy yilda YaIMni 6,9 foizga ko‘tarishning yagona sababi emas. Infratuzilmani rivojlantirishga ketadigan davlat xarajatlari rekord ko‘rsatkich - 17,7 milliard dollarga yetadi - bu umumiy YaIMning 5 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Filippin axborot agentligi shu haqida xabar berdi.
102 million aholiga ega mamlakat "soliq islohotini tezlashtirishi, davlat infratuzilma loyihalarini rivojlantirishi va davlat-xususiy sektor hamkorligini yo‘lga qo‘yishi" kerak", - dedi Forbes'ga Metro-Maniladagi Banco de Oro UniBank'ning yetakchi bozor tahlilchisi Jonatan Ravelas.
Infratuzilma xarajatlari allaqachon o‘rnashib olgan iqtisodiy taraqqiyot omillari, masalan, xorijdan pul o‘tkazmalari va iste'molchi xarajatlari bilan uyg‘unlikda mamlakat iqtisodiyotining yanada o‘sishiga turtki beradi.
O‘tgan yili YaIMning umumiy hajmi 311 milliard dollarni tashkil qildi. Aeroportlar va temir yo‘llar onlayn-formatda ishga tushishi bilanoq xorijiy sarmoyalar oqimi kuchayadi, sayyohlarning harakatlanishi ham osonlashadi. Turizm - Filippin iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi omili.
3. Kamboja
Jahon banki Osiyodagi bu kichik mamlakatning 19,4 milliardlik yalpi ichki mahsulotining 6,9 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda. Bu tikuvchilik sanoati, shuningdek ko‘chmas mulk obektlari va qurilishga kiritiladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar tufayli yuz beradi.
Ba'zi tikuv fabrikalari Vetnamdan shu yerga ko‘chirib kelingan, zero Kambojada mehnat uchun ish haqi kamroq. Research and Markets ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda kiyim-kechak eksporti 6 milliard dollarga yetdi, bu umumiy eksportning 70 foizini tashkil qiladi.
Tikuv fabrikalarida band kishilar soni 700 ming nafardan iborat. Endilikda Kambojada ham Laosdagi kabi biznes yuritish mumkin, deya ta'kidlanadi Jahon bankida.
4. Myanma
Yana bir mamlakat YaIM bu yil 6,9 foizga o‘sadi. Myanmaga xorijiy sarmoyalar 2012 yilda, harbiy diktaturadan ozod qilingandan keyin kirib kelgan. Mamlakat buning "mevasi", shuningdek xususiy sektordagi ichki sarmoyalar "hosili"ni yig‘ishda davom etmoqda.
2016 yil ma'lumotlariga ko‘ra, Myanma YaIM 68,3 milliard dollarni tashkil qilgan. Mamlakat o‘z tabiiy resurslari, yosh ishchi kuchi va biznes-sektordagi taraqqiyoti bilan xorijiy sarmoyadorlarni faol jalb qilmoqda. Bugunga kelib, energetika sohasi, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni ishlab chiqarishga oid loyihalar xorijdan moliyalashtiriladi.
5. Xitoy
Jahon banki taxmin qilgan 2017 yilgi 6 foizli o‘sish sur'ati o‘tgan yilgi ko‘rsatkich (6,7 foiz)dan past bo‘lsa-da, dunyoning kattaligi bo‘yicha ikkinchi iqtisodiyoti rivojlanishda davom etadi.
Bu, hoynahoy, moliyaviy rag‘batlar, infratuzilmaning yangi obektlariga qiziqish, shuningdek eksport ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Hukumat amaldorlarining xususiy sarmoyalar va iste'molchi xarajatlarga yo‘llarni tozalash haqidagi va'dasiga qaramay, 1980-yillardan beri Xitoyda hukmron iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar hech qayerga yo‘qolmaydi.
Joriy yilda xorijiy sarmoyalarning 15 foizga o‘sishi kutilmoqda - bu 2016 yilgi 4,1 foizli ko‘rsatkichga nisbatan oldinga qo‘yilgan qadamdir
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
12:15 / 24.10.2024