«PSJ» «Monako»ni yirik hisobda yengib, mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
Fransiya Ligasi kubogi final o‘yinida «PSJ» va «Monako» klublari to‘qnash keldi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda parijliklar g‘alaba qozondi.
4-daqiqada Draksler parijliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 27-daqiqada Lemar hisobni tenglashtirdi. Biroq 44-daqiqada Di Mariya, 54- va 90-daqiqada Kavanining dubli evaziga "PSJ" yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
Fransiya kubogi. Final.
Monako – PSJ 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 4 Draksler, 1:1 – 27 Lemar, 1:2 – 44 Di Mariya, 1:3 – 54 Kavani, 1:4 – 90 Kavani.
Monako – Subashich, Glik, Mendi, Sidibe (Ture, 90), Jyemerson, Bakayoko, Moutinyu, Lemar (Kardona, 77), Bernardu Silva, Mbappe, Jyermen (Dirar, 62).
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Kurzava, Ore, Kimpembe, Rabo, Motta (Lukas Moura, 87), Di Mariya, Verratti (Matyuidi, 81), Draksler (Pastore, 55), Kavani.
Ogohlantirishlar: Kurzava (56), Mendi (62), Trapp (66).
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
19:44 / 04.02.2024