Navoiyda yer osti chiqindi konteynerlari o‘rnatildi
Navoiydagi kichik tumanlardan birida maishiy chiqindilarni to‘plash uchun yer osti konteynerlari tajriba sifatida o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. Naveco («Navoiy» va «ekologiya» so‘zlaridan) nomli loyiha «Berejlivost» xususiy ishlab chiqarish korxonasi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Metall chiqindi qutilari yer ostida 2 metr chuqurlikda joylashgan. Ustiga eshiklari va belgilari bo‘lgan ikkita ustun o‘rnatilgan, ularda oziq-ovqat va qattiq maishiy chiqindilarni alohida tashlash haqida yozuvlar bor. Chiqindi tashuvchi mashinaga ulanadigan mexanizm 1,5 daqiqada konteynerlarni yer yuzasiga chiqaradi va yana shaxtaga tushiradi.
«Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga o‘tgan yilning sentabr oyidagi tashrifi davomida uni yer osti chiqindi konteynerlari maketi ko‘rsatildi, - deya aytib o‘tdi korxona direktori o‘rinbosari Arman Berdiyev. – Shundan so‘ng mamlakat rahbariyati tomonidan mintaqa turar joy-kommunal sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha majmua tasdiqlandi, undan bizning loyiha ham joy oldi».
Naveco loyihasini amalga oshirish uchun Navoiy hokimiyati uchta mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan va 11 mingdan ortiq kishi istiqomat qiluvchi 9-mitti tuman hududini ajratdi. Yer osti chiqindi baklari yettita joyga o‘rnatilgan. Chiqindini chiqarib ketish uchun tashuvchi mashina kreditga olingan. Ishchilar brigadasi har kuni hududni aylanib chiqadi.
Shuningdek «Berejlivost» korxonasi Karmana tumanining «Yangiariq» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha zavodni qurishga kirishdi. U 6 gektar maydonni egallaydi. Zavod 2018 yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
15:47 / 23.07.2024