Si Tszinpin Tramp bilan uchrashish uchun AQShga bormoqda
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin 6 aprel kuni Amerikaning Florida shtatiga yo‘l oladi. U Mar-a-Lago qarorgohida AQShning yangi prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Xitoy tomoniga ko‘ra, bu ikki tomonlama munosabatlar rivojining yo‘nalishini aniqlab berishi kerak. Trampning fikricha, bo‘lg‘usi muzokaralar qiyin, ammo muhim bo‘ladi.
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarning asosiy mavzusi ikkki tomonlama munosabatlar, xususan, savdo nomutanosibligi, Tayvan masalasi, Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi tortishuvlar hamda KXDR yadro muammosi kabilar bo‘ladi.
Xitoy TIV rahbari o‘rinbosari Chjan Tszeguanning bayonot berishicha, Pekin muzokaralarning muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonmoqda. Ammo, Oq uyning yuqori lavozimli mulozimi, ma'muriyat uchrashuvda to‘planib qolgan masalalar hal etilishiga ishonmasligi, balki ularni muhokama qilish doirasi belgilab olinishiga umid qilinayotganiga oydinlik kiritgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Xitoy yetakchisi bilan amaliy munosabatlarni o‘rnatish, muloqot doirasini belgilab olish va "natijalarga erishish uchun aniq sanalarni qo‘yish" niyatida.
Xitoy TIVning bayonot berishicha, jahon maydonida chuqur va murakkab o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi kunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlashga yordam beradi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024