Fan-texnika | 07:30 / 10.04.2017
17884
2 daqiqa o‘qiladi

Xaker Dallas aholisini yarim tunda oyoqqa turg‘azdi

Noma'lum xaker AQShning Dallas shahridagi barcha 156 ta xavfsizlik sirenasiga kira olib, ularni 7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi 1,5 soat davomida butun ovoziga yoqib qo‘ydi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda. 

Odatda ob-havo xavflari va tabiiy fojialar haqida ogohlantiruvchi sirenalar 7 aprel soat 23:42 dan 8 aprel 01:17 gacha uzilishlar bilan ishlagan. Sirenalardan har biri 60 marta yoqib-o‘chirilgan.

Shovqindan asabiylashgan odamlar 911 qutqaruv xizmatiga odatdagidan 4 marta ko‘proq qo‘ng‘iroq qilishgan. Hammasi bo‘lib 4400 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan. 

Oxir-oqibat shahar ma'muriyati shovqindan qutulish uchun butun tizimni o‘chirib qo‘yishga qaror qilgan.

Ma'lum qilinishicha, xaker Dallasda ekanligi aytilgan. Xakerni kuzata olishmagan va uni qidirishga ko‘p vaqt ketishi mumkin.

Shahar meri Mayk Rouling xaker favqulodda ogohlantirishlar tizimini ishdan chiqarmoqchi bo‘lganini va kim bo‘lishidan qat'iy nazar, hukumat uni topib, sudga topshirishini aytgan.

Mavzuga oid