Jamiyat | 19:24 / 10.04.2017
9542
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi jome masjidlar imom xatiblari ota-onalar bilan suhbat o‘tkazishmoqda

Toshkent shahridagi “Hazrati imom” jome masjidi imom noibi Habibulloh Abdurazzoqov Olmazor tumanida joylashgan “Shifokorlar”, “Chimboy” mahallalaridagi xonadonlarda bo‘lib, ota-onalar, o‘quvchi-farzandlar bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar berdi.

Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli, bo‘lishining muhim omili – ilmga e'tibor ekanini ta'kidladi. Shuningdek, imom noib ba'zi yoshlarning ta'limga e'tiborsiz munosabatda bo‘lib, o‘qishga bormasligi achinarli holat ekanini urg‘uladi. Ota-onalar o‘z farzandining odob-axloqi, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul ekanini, dars vaqtida behuda ishlarga chalg‘imay, bor diqqat-eʼtiborini o‘qishga jalb etishga qaratib o‘tdi.

"Shayx Ziyovuddinxon" jome masjidi imom-xatibi Erdon Esonov ham Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Ulug‘bek” mahallasida joylashgan kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalar xonadoniga kirib, ular bilan muloqotda bo‘ldi. 

Suhbat asnosida imom-xatib yangi chop etilgan ma'rifiy va badiiy adabiyotlardan sovg‘a qildi.

Mavzuga oid