Jamiyat | 12:45 / 11.04.2017
33283
1 daqiqa o‘qiladi

29 yo‘lovchi bilan Toshkentdan uchgan samolyot Dushanbega qo‘ndi

Avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam reysni amalga oshirgani haqida xabar bergandik.

Samolyot Dushanbe Xalqaro aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 08:05da qo‘ngan. «AP» muxbirining xabar berishicha, layner bortida 29 yo‘lovchi bo‘lgan.

Tojikiston poytaxtiga parvozlar bir haftada ikki bor – seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi kutilmoqda.

Avvalroq Dushanbega parvoz 4 aprel kuni amalga oshishi mumkinligi xabar qilingandi, biroq keyinchalik u bekor qilindi.

O‘tgan hafta esa har ikki davlat hukumat delegatsiyalari Toshkentda havo aviaqatnovi haqidagi kelishuv loyihasini ko‘rib chiqdi va uning yakuniy varianti muvofiqlashtirildi.

«Somon Eyr» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Dushanbe-Toshkent reysining aniq muddati hozircha noma'lum.

Mavzuga oid