Texnologii | 00:24 / 13.04.2017
15780
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda dunyoning eng yaxshi avtomobillari nomlari ma'lum qilindi

Foto: motor.ru

Nyu-Yorkdagi motorshouda "Yilning jahon avtomobili" tanlovi g‘oliblari e'lon qilindi. Birinchi o‘rinni Jaguar F-Pace krossoveri egalladi. Bu mashina, shuningdek, "Eng yaxshi dizayn" yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi.

Tanlov finalida Jaguar F-Pace yana ikkita yo‘ltanlamas – Audi Q5 va Volkswagen Tiguan modellari bilan bellashdi. Britan modeli eng chiroyli mashinalar toifasida esa Mercedes-Benz S-Class kabrioleti va Toyota C-HR krossoverini dog‘da qoldirdi. 

Yilning eng yaxshi shahar elektrokari BMW i3 bo‘ldi. 

"Yilning eng hashamatli avtomobili" nomi Mercedes-Benz E-Class’ga nasib qildi. Bu mashina yakuniy ovoz berishda BMW 5-Series va Volvo S90/V90 modellarini ortda qoldirdi.

Yilning eng yaxshi sport avtomobili McLaren 570S va Audi R8 Spyder modellarini yuta olgan Porsche 718 Boxster/Cayman bo‘ldi. 

"Eng ekologik mashina" yo‘nalishida Toyota Prius Prime g‘olib bo‘ldi.

Avvalgi yil Mazda MX-5 "Yilning jahon avtomobili" deb topilgandi. 

Mavzuga oid