Trampning Shimoliy Koreyani “bosib turish” bo‘yicha rejasi ma'lum bo‘ldi
AQSh hukumati KXDR yadro dasturiga qarshi ko‘p darajali strategiyani ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ro‘yxat ancha kengaytirilgan va kuch usullarini ham nazarda tutgan. Biroq, Amerika prezidenti Donald Tramp birinchi navbatda, diplomatik va iqtisodiy ta'sir choralarini ko‘rib chiqmoqda.
Sanktsiyalar Vashington yoki BMT tomonidan kiritilishi mumkin. Cheklov choralari Pxenyanning xatti-harakatlaridan kelib chiqib qo‘llaniladi. Ular orasida – KXDRga neft yetkazib berishga embargo va mamlakat dengiz mahsulotlari hamda ko‘mirini eksport qilishga taqiq qo‘yish bor. Mamlakat samolyotlariga esa boshqa davlatlar havo kengliklariga kirish man etiladi, kemalari esa – boshqa portlarga kiritilmasligi mumkin. Shimoliy Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi Xitoy banklariga sanksiyalar kiritish ham ko‘zda tutilgan.
Avvalroq AQSh Koreya yarim oroli qirg‘oqlariga harbiy kemalar zarba guruhini yuborgani ma'lum bo‘lgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, KXDR yangi yadro sinovini mamlakat asoschisi Kim Ir Sen tug‘ilganiga 105 yil to‘lishi munosabati bilan 15 aprel kuni o‘tkazishi mumkin.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54