O‘zbekiston fuqarosi ilk bor Forbes ro‘yxatiga kirdi
Nyu-Yorkdagi Credit Exim kompaniyasi asoschisi Dilmurod Asqarov Forbes’ning 30 yoshdan kichik bo‘lgan osiyolik eng badavlat tadbirkorlarning o‘ttiztalik ro‘yxatida qayd etildi.
Ayni vaqtda 29 yoshda bo‘lgan Dilmurod Asqarov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan bo‘lib, u Forbes reytingida aynan shu mamlakat nomidan qayd etilgan.
Asqarov Nyu-York shahrida joylashgan Credit Exim startapi direktori hisoblanadi. Kompaniya Osiyodan xom ashyo import qiluvchilarga va Osiyoga xom ashyo eksport qiluvchilarga qisqa muddat uchun moliyaviy qarorlar qabul qilish bo‘yicha maslahatlar taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, kompaniya kichik biznes egalariga kraudfaunding yoki block chain texnologiyasi kabi zamonaviy mexanizmlar orqali innovatsion qarorlar qabul qilishga yordam ko‘rsatadi.
Qayd etish kerakki, Asqarov ushbu ro‘yxatga kirgan ilk Markaziy Osiyo vakili bo‘ldi. Bungacha Forbes reytingida O‘zbekistonda tug‘ilgan shaxslar paydo bo‘lgan, ammo ular boshqa mamlakatlar fuqarolari sifatida qayd etilishgandi.
Mavzuga oid
20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi
21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi
22:27 / 10.08.2024
Forbes AQShdagi prezidentlik poygasining «eng qashshoq» ishtirokchisi nomini ma’lum qildi
12:13 / 24.07.2024