«Arsenal» «Midlsbro»dan ustun kelib, oltinchi o‘ringa qaytdi
«Arsenal» klubi Angliya chempionatining 33-turi doirasida «Midlsbro» bilan kechgan o‘yinda g‘alaba qozondi. Bahs Midlsbrodagi «Riversayd» stadionida bo‘lib o‘tdi hamda 1:2 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo‘lim oxirlarida Aleksis Sanches standart vaziyatdan aniq foydalanib, «kanonirlarni» hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Alvaro Negredo hisobni tenglashtirdi, biroq 71-daqiqada Mesut O‘zil London jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi hamda o‘z klubiga g‘alaba keltirdi.
«Arsenal» 57 ochko jamg‘ardi va APL turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Midlsbro» (24) 19-pog‘onada.
Midlsbro – Arsenal 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 42 Sanches, 1:1 – 50 Negredo, 1:2 – 71 O‘zil.
Midlsbro – Gyuzan, Barragan, Ayyala, Gibson, Fabio (Frend, 17), Kleyton, de Ron (Jyested, 79), Lidbitter, Dauning, Negredo, Ramires (Traore, 68).
Arsenal – Chex, Gabriel, Koselni, Holding, Oksleyd-Chemberlen, Remzi, Chaka, Monreal, O‘zil (Bellerin, 90), Sanches (Koklen, 90), Jiru.
Ogohlantirishlar: Oksleyd-Chemberlen (4), Lidbitter (7), Gabriel (43), Jyested (82).
Mavzuga oid
12:23
«Arsenal» «PSJ»ga imkon qoldirmadi, «Barsa» va «Siti» istagancha gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:13 / 29.09.2024
«Palmer»da poker, «Barsa» 4 ta gol o‘tkazdi. Yevropada kun o‘yinlari
15:41 / 26.09.2024
APLda yangi dushmanlik boshlanishi. Arteta aslida Gvardiolaning shogirdi emasligi haqida
12:22 / 16.09.2024