Fan-texnika | 22:54 / 18.04.2017
7188
3 daqiqa o‘qiladi

Citroen «odamlar uchun krossover» chiqardi

Citroen kompaniyasi yangi C5 Aircross seriyali yo‘ltanlamasni namoyish etdi. Uning jahon premerasi Shanhaydagi avtoshouda bo‘lib o‘tadi. Modelning eng muhim o‘ziga xos jihatlaridan biri har bir yo‘lovchining o‘zini qulay his etishi uchun xizmat qiluvchi ichki qismdir. «Sitroyen»da krossoverga  «odamlarga mo‘ljallangan» deb ta'rif berishdi.

Yo‘ltanlamasning uzunligi 4,5 metr, eni – 1,84 metr, balandligi esa – 1,67 metrga teng. G‘ildirak bazasi o‘lchami esa 2,73 metrni tashkil etadi. Yukxona hajmi - 482 litr.

Citroen C5 Aircross EMP2 negizida qurilgan bo‘lib, yo‘ltanlamas seriyali «Sitroyenlar» orasida birinchi bo‘lib «progressiv gidravlik yostiqchali» yangi ilgakka ega. Bu yurishdagi siqish va uzilishdagi ikkita gidravlik stopordir. Ular ikkiquvurli amortizatorlarda o‘rnatilgan hamda yoriqdan himoyalaydi. Katta teshiklarda gidravlik stopor zarba kuchini bir qadar pasaytiradi. 

C5 Aircross saloni ikki rangdagi o‘rindiqlarga ega, oldingi o‘rinlarda esa massaj, lyukli panoramali tom, 12,3 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va sakkiz dyuymli multimediya majmuasi tachskrini, atrofni videoko‘rish tizimi bor.

Shu bilan birga, yangilik xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimiga ega – ular orasida, avtomatik ravishda tezkorlik bilan to‘xtash va polosada ushlab turish, shuningdek adaptivli mashinani butunlay to‘xtatish imkoniga ega kruiz-nazorat bor.

Motor haqida hozircha hech narsa ma'lum emas, biroq Citroen’dan xabar berishlaricha, yo‘ltanlamas markaning gibridli kuch qurilmasi hamda tashqi tarmoqdan quvvat olish imkoniga ega birinchi modeli bo‘ladi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘ltanlamas 1,2 dan 2,0 litrlik hajmga qadar bo‘lgan motorlar bilan taklif etilishi mumkin. Bunday ot kuchi 120-180ni tashkil etadi. To‘la uzatma faqatgina gibridda bo‘ladi, qolgan nusxalar esa oldingi uzatmaga ega bo‘lishadi.

Xitoyda C5 Aircross 2017 yilning oktabridan sotila boshlanadi, Yevropa bozoriga esa 2018 yilning oxirlarida chiqariladi.

 

Mavzuga oid