MXX Suriyaga ketishga tayyorlangan yirik guruh faoliyatiga chek qo‘ydi
O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari 16 kishidan iborat ekstremistlar guruhi faoliyatiga chek qo‘ydilar. Ularning barchasi Krasnodarda ishlab yurgan chog‘larida ekstremistik guruh a'zolariga aylanishgan. Bu haqda Sputnik muxbiriga kuch tizimi vakili xabar qilgan.
Krasnodardagi diniy-ekstremistik guruhni o‘zbekistonlik Olimjon Hasanov va Maqsad Matyaqubovlar tashkil etishadi. Ular guruhga boshqa vatandoshlari: G‘ayrat Yaqubov, O‘tkir Matyaqubov, Azamat Po‘latov, Murot Ashirov, Jo‘rabek Qurbonov, Jasur Matyaqubov, Sherzod Yazilov, Davron Matkarimov, Ikrom Yo‘ldoshev, Sanjar Sobirov, Quvonch Madaminov, To‘lqin Madaminov, Odilbek Matkarimov va Hamro Asqarovlarni jalb etishadi.
Ekstremistik guruh a'zolari tunlari yig‘ilishib, internet orqali IShID terrorchilik tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq videolavhalarni tomosha qilishgan. Ular jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga borishni mo‘ljallashadi. Guruh a'zolari shuningdek, IShID tomonida jang qilayotgan to‘dalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida "umumiy jamg‘arma"ga har biri har oyda 2-3 ming rubldan pul tashlab turishadi.
Ular muntazam yig‘ilishlari chog‘ida O‘zbekiston konstitutsion tuzumini ag‘darishga da'vat qiluvchi yozuvlarni tinglashadi, IShID terrorchilarining murojaatlari yozilgan lavhalarni tomosha qilishadi.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi va guruhning yetti nafar a'zosi mamlakatga qaytib kelganlarida hibsga olindi. Ekstremistik guruh a'zolari bilan bog‘liq jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Azamat Po‘latov, G‘ayrat Yaqubov, O‘tkir Matyaqubov va Davron Matkarimovlar 8,5 yil, Ikrom Yo‘ldoshev 6,5 yil, To‘lqin Madaminov, Sanjar Sobirov va Quvonch Madaminovlar 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Olimjon Hasanov, Maqsad Matyaqubov, Murot Ashirov, Sherzod Yazilov va Jo‘rabek Qurbonovlar Turkiya orqali Suriyaga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lishgan. Ularga sirtdan ayblov e'lon qilindi va ularga nisbatan qidiruv e'lon qilindi.
Jasur Matyaqubov shuningdek, Jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bilan aybdor deb topildi va uch yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. Odilbek Matkarim va Hamro Asqarov bilan Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli profilaktika suhbatlari o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
14:10 / 26.10.2024
Nigeriyada bir haftada 140 nafar terrorchi va qurolli to‘da a’zolari yo‘q qilindi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:50 / 17.10.2024