«Manchester Yunayted» g‘alaba qozondi va YeChL yo‘llanmasiga yaqinlashdi
«Manchester Yunayted» APLning 34-turida «Byornli» bilan o‘ynadi. Byornlidagi «Terf Mur» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Bu «MYu»ning APLda qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘olib chiqishi bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda Antoni Marsiyal va Ueyn Runi tomonidan urilgan gollar manchesterliklarga g‘alaba keltirdi.
Endilikda «MYu» to‘plagan ochkolar soni 63ta va jamoa APL turnir jadvalining beshinchi o‘rnida mustahkam joylashgan. Mourino shogirdlari «Manchester Siti»dan bir ochko ortda qolmoqda. «Byornli» 36 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Angliya chempionati
34-tur
Byornli – Manchester Yunayted 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 21 Marsiyal, 0:2 – 39 Runi.
Byornli – Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi (Tarkovski, 46), Boyd (Gudmundsson, 62), Barton, Xendrik, Breydi, Grey, Barns (Adjyey, 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Blind, Bayi, Darmian, Errera, Yang, Pogba (Kerrik, 90), Fellayni, Lingard (Reshford, 70), Marsiyal (Mxitaryan, 80), Runi.
Ogohlantirishlar: Louton (65), Runi (78), Xendrik (88).
Mavzuga oid
12:56
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024
«MYu»dagi uchinchi mavsum: Ten Hagga g‘olib jamoa qurish uchun yana qancha vaqt va pul kerak?
18:13 / 28.07.2024