Jahon | 08:48 / 24.04.2017
7789
1 daqiqa o‘qiladi

Yakuniy natijalar: Makron Le Penni 2 foizga ortda qoldirdi

Foto:REUTERS

Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron va "Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarining 2-bosqichiga chiqishdi. Bundan saylovlarning yakuniy natijalari darak bermoqda.  

Makron 23,75 foiz, Le Pen 21,53 foiz ovoz to‘pladi. Shu tariqa ular 7 mayda prezidentlik kursisini egallash uchun o‘zaro kurashni davom ettiradigan bo‘ldilar.

"Respublikachilar" partiyasidan nomzod Fransua Fiyon (19,91 foiz) va "Zabt etilmagan Fransiya" harakati yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon (19,64 foiz) va qolgan nomzodlar prezidentlik poygasini tark etdilar.

Mavzuga oid