Olimlar nima uchun piyoda yurish miya faoliyatini yaxshilashini aniqlashdi
Haylends Universitetining (Nyu-Meksiko shtati, AQSh) tadqiqotchilar guruhi piyoda yurish aqliy qobiliyatning rivojlanishiga turtki berishini aniqlashdi. Olimlarning bu ilmiy ishi har yili Chikagoda bo‘lib o‘tadigan American Physical Society (Amerika Jismoniy Jamiyati) s'yezdida taqdim etildi. Eurekalert shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Olimlar yurish davomida oyoqlar harakati arterial qon bosimi to‘lqinlarini keltirib chiqarishini aniqlashdi. Ular qadam va yurak urishi chastotasi bilan sinxronlashib, bosh miyaning qon bilan ta'minlanishini nazorat qilish va yaxshilashga qodir.
Tadqiqotchilar piyoda yurishda bunday effekt yugurishdan kamroq, lekin velosiped boshqarishga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘lishini ta'kilashmoqda.
Olimlar 12 nafar sog‘lom yoshning hayotini kuzatish natijasida shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot ishtirokchilari, vertikal holatda soniyasiga taxminan bir metr tezlikda harakatlanishdi, tadqiqotchilar esa miyaning qon bilan ta'minlanishini ultratovush yordamida kuzatishdi.
Mavzuga oid
15:47 / 12.09.2024
Pandemiya qizlarda miya qarishini tezlashtirdi - tadqiqot
18:14 / 30.03.2024
Inson miyasi yildan yilga kattalashib borayotgani aniqlandi
08:32 / 21.02.2024
Qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil o‘tib, uning tartibga solish ta’siri baholanadi
13:13 / 14.12.2023