O‘zbekiston | 19:25 / 26.04.2017
36299
1 daqiqa o‘qiladi
Fermer Andijondagi tumanlardan biriga yangi hokim bo‘ldi
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi.
Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, endilikda Qobuljon Ahmedovich Qirg‘izboyev tumanning yangi hokimi bo‘lgan.
U tumanning avvalgi hokimi Hasanboy Teshaboyevich Ismoilov o‘rnida ish boshlagan.
Qirg‘izboyev 1960 yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini, 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi olim-agranom.
U shu kunga qadar Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Qoradaryo Sayxun» fermer xo‘jaligi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
18:30 / 20.09.2024
Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi
21:23 / 19.09.2024
Multfilm: Vatanga investitsiya bilan qaytgan tadbirkorning sarguzashtlari
18:02 / 16.09.2024