Sport | 14:24 / 26.04.2017
6984
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino De Xea yozda jamoani tark etishi mumkinligini aytdi

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu gapni mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourino aytgan.

The Mirror nashri bergan xabarga ko‘ra, Mourino jamoada hech bir futbolchini majburlab ushlab qola olmasligini, shu jumladan De Xea ham ketishni istasa, jamoani tark etishi mumkinligini ta'kidlagan.

Hozirda «Real» De Xeani jamoaning birinchi raqamli darvozaboni o‘rnida ko‘rmoqda. Shuningdek, madridliklar nishonida «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua va «Milan» golkiperi Janluiji Donnaruma turibdi.

«Manchester Yunayted» De Xea bo‘yicha takliflarni eshitishga tayyor. Biroq buning uchun «Real» taklif qiladigan summa 60 million yevrodan kam bo‘lmasligi kerak.

Mavzuga oid