Jamiyat | 20:42 / 02.05.2017
11591
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixdagi birinchi fizika kitobi 791 ming dollarga sotildi

Ilm-fan haqidagi tarixiy kitoblar ko‘plab kolleksionerlarda qiziqish uyg‘otadi. Auktsionerlar bu traktatalarni katta narxlarda pullashadi. "Discorsi e dimostrazioni matematiche, intorno due nuove scienze attenenti alla mecanica & i movimenti locali" ("Ikki yangi fanga oid ma'ruzalar va matematik namoyishlar") nomini olgan fizika bo‘yicha ilk o‘quv darsligi 1638 yilda italiyalik fizik, mexanik, astronom va matematik Galileo Galiley tomonidan yozilgan. Hi-News shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

O‘quv darsligi Galileyning 30 yillik ilmiy izlanishlari natijalarini o‘zida jamlagan va shu bois u ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega. 

Olim uning taqiqlangan ishini chop etishga tayyor noshirni bir necha yillar davomida izlashiga to‘g‘ri kelgan - mashhur niderlandiyalik noshir Lui Elzeve mazkur kitobni nashrdan chiqarishga rozi bo‘ldi. 

1639 yilda Italiya kitob do‘konlarida uning mazkur o‘quv darsligi paydo bo‘ldi. Inkvizitsiya bunga munosabat bildirishga ulgurmadi, 50 nusxaning barchasi bir zumda sotib bo‘lindi. Bugungi kunga kelib, kitobning atigi bir necha nusxasigina saqlanib qolgan, ularning aksariyati xususiy kolleksionerlar tasarrufida.

Foto: hi-news.ru

O‘quv darsligi zamonamiz kishisi uchun tushunarsiz bo‘lgan tilda yozilgan. Uch qahramon Simplisio, Sagredo va Slaviati turli ilmiy mavzularni muhokama qilishadi.

Kitobning birinchi bobi - mexanikaga, ikkinchisi - materiallar mustahkamligiga, uchinchi va to‘rtinchisi harakatlar ilmiga bag‘ishlangan.

O‘quv darsligi 727 919 yevroga (791 190 dollarga) Pierre Berge and Associates kompaniyasi vakili tomonidan qo‘lga kiritildi. 

Mavzuga oid