Jahon | 07:42 / 03.05.2017
5018
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tunnel qurilishida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: news.xinhuanet.com

Xitoyning Guychjou viloyatida temir yo‘l tunneli qurilishida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda 3 may kuni China News Service axborot agentligi. 

Falokat 2 may kuni Bitsze shahar okrugidagi Dafan uyezdida tezyurar temir yo‘l tunneli qurilishi ishlari vaqtida yuz berdi. Voqea tunnelda gaz portlashi bilan bog‘liq bo‘lib, buning oqibatida 12 kishi jarohat olgan  va yana 12 kishi tunnelda qamalib qolgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 3 may ertalabga kelib qutqaruv-qidiruv operatsiyasi yakunlandi. Qutqaruvchilar qamalib qolgan 12 nafar quruvchining jasadini aniqlashgan. Qutqaruv operatsiyasida umumiy hisobda 2 ming kishi qatnashgan. 

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Mavzuga oid