Sport | 22:21 / 07.05.2017
8642
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina futbol klubi murabbiyi hakam qaroriga juda "jo‘shqin" munosabat bildirdi

Argentinaning "Estudiantes" futbol klubi bosh murabbiyi Nelson Vivas futbol uchrashuvi vaqtida yon chiziqdagi hakamni koyigandan keyin maydondan chetlatildi. Biroq g‘azab otiga mingan murabbiy yechinish xonasiga ketayotganda ko‘ylagini yirtib tashlab, tepina ketdi.   

Voqea "Estudiantes" va "Boka Xuniors" o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida yuz berdi. Vivasning g‘azablanishiga esa u penalti talab qilganda, hakam uni belgilashni rad etgani sabab bo‘lgan.

Uchrashuv esa 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Trener

Mavzuga oid