Sport | 01:51 / 07.05.2017
8445
2 daqiqa o‘qiladi

«Leyptsig» poytaxtdagi yirik g‘alaba evaziga yangi tarixiy natija qayd etdi

Germaniya bundesligasining 32-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Berlinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Herta» «RB Leyptsig» jamoasini qabul qildi va yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Avvaliga Timo Verner dublga erishgan bo‘lsa, Xediraning avtogolidan so‘ng zaxiradan maydonga tushgan Devi Zelke uch daqiqada ikkita to‘p kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Leyptsig» hisobidagi ochkolar soni 66taga yetdi va jamoa eng kamida kuchli uchlikda qoladigan bo‘ldi. Jamoa bundesliga tarixidagi debyut mavsumidayoq sovrinli o‘rinlar va Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. «Herta» esa 46 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.

Germaniya bundesligasi, 32-tur

Herta – RB Leyptsig 1:4 (0:1)

Gollar: Xedira (85, avtogol) – Verner (11, 54), Zelke (89, 90+2).
Herta: Yarsteyn, Langkamp, Torunariga, Pekarik, Bruks, Essvayn (Xaraguti, 81), Shelbred (Allan, 64), Darida, Shtoker (Vayzer, 63), Kalu, Ibishevich.
RB Leyptsig: Gulachi, Bernardo, Kompper, Upamekano, Zabittser, Ilzanker, Demme, Keyta (Xedira, 76), Forsberg, Poulsen (Zelke, 81), Verner (Kayzer, 87).
Ogohlantirishlar: Kompper (34), Langkamp (52), Ilzanker (70), Ibishevich (74), Bruks (78), Demme (84).

Mavzuga oid