Jahon | 14:44 / 08.05.2017
4247
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya IIV prezidentlik saylovining yakuniy natijalarini ma'lum qildi

Foto: AFP

Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning yakunlarini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 100 foiz byulletenlar hisoblab chiqilgach, «Marshga!» harakati yetakchisi Emmanuel Makron 66,1 foiz ovoz olgan — unga 20 753 798 kishi ovoz bergan.

«Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen esa saylovchilarning 33,9 foizlik qismi ishonchiga sazovor bo‘lgan. Bu esa 10 644 118 fransuz demakdir.

Mavzuga oid