Suriya chegarasida katta miqdorda AQSh va Iordaniya zirhli texnikasi payqaldi
Suriya chegarasida AQSh va Iordaniyaning zirhli texnikasi payqaldi. Bu haqda Suriyadagi razvedka xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda "Russkaya vesna" nashri xabar bermoqda.
Suriya razvedkasining droni Suriya chegarasida katta miqdorda harbiy texnika to‘planganini qayd qilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya qurolli kuchlari Xoms viloyati yaqinida joylashgan Iordaniyadagi harbiy bazada 400 ga yaqin harbiy texnika joylashtirilgandan keyin yuqori tayyorgarlik holatida turibdi.
Suriya hukumat qo‘shinlari Iordaniya va AQSh go‘yoki IShID jangarilari bilan kurash olib borayotgan "Ozod Suriya armiyasi" jangarilariga yordam berish bahonasi ostida Suriyaga bostirib kirishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024