«Yuventus» - Chempionlar ligasining dastlabki finalchisi!
Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan dastlabki yarim finalning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Turinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Yuventus» «Monako»ni qabul qilib, javob uchrashuvida ham g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Mario Mandjukich Dani Alveshning uzatmasidan keyin hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Alveshning o‘zi hujumning ikkinchi tempida to‘pni qabul qilib olgan holda ajoyib golga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo‘limda esa Kilian Mbappe o‘rtadagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu hattoki javob uchrashuvida ham ijobiy natijaga erishish uchun yetarli bo‘lmadi. 2:1, mehmondagi 2:0 hisobidagi g‘alaba —umumiy hisobda 4:1 hisobda g‘alaba qozongan «Yuventus» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi finalchi ertaga bo‘lib o‘tadigan «Atletiko» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (birinchi uchrashuv 3:0, «Real» foydasiga) aniqlanadi.
Yevropa chempionlar ligasi, 1/2 final
Yuventus (Italiya) – Monako (Monako) 2:1 (2:0)
Gollar: Mandjukich (33), Dani Alvesh (44) – Mbappe (69).
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Benatiya, 85), Pyanich, Xedira (Markizio, 10), Dani Alvesh, Mandjukich, Dibala (Kuadrado, 54), Iguain.
Monako: Subashich, Jyemerson, Glik, Rajji, Sidibe, Mendi (Fabino, 55), Bernardu Silva (Lemar, 69), Moutino, Mbappe, Bakayoko (Jyermen, 78), Falkao.
Ogohlantirishlar: Falkao (40), Mendi (51), Bonuchchi (74), Mandjukich (90).
Dastlabki uchrashuv – 2:0.
Mavzuga oid
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
13:57 / 03.08.2023
«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi
23:01 / 28.07.2023
UYeFA «Yuventus»ni Konferensiyalar ligasidan chetlatdi
23:14 / 14.07.2023