Yamandagi vabo epidemiyasi 115 kishini hayotdan olib ketdi
Yamandagi vabo epidemiyasi aprel oyi oxiridan buyon 115 kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi. Bu haqida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) xabariga asoslanib, FrancePress ma'lum qildi.
Payshanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) kasallik Yamandagi 51 kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar bergan edi.
XQXQ vakili Dominik Stillxart mamlakat hukumati 14 gubernatorlikda 8,5 ming kasallanish holati qayd etgani haqida ma'lum qildi. So‘nggi haftada vabo bilan kasallanganlar soni uch barobardan ortiqqa ko‘paydi.
Stillxartning so‘zlariga ko‘ra, Yaman shifoxonalari to‘lib ketganidan shifokorlar bemorlarning barchasiga vaqt ajratishning uddasidan chiqa olmayapti.
Yaman hukumati mazkur kasallikning avj olgani haqida birinchi marta 2016 yilning oktabrida xabar bergandi. JSST ma'lumotlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda 7,6 million kishi istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
15:54 / 07.09.2024
Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi – JSST
18:12 / 17.08.2024
Qozog‘iston Mpox virusini aniqlash uchun PZR testlarini sotib oldi
07:51 / 29.07.2024