Jahon | 14:36 / 14.05.2017
9452
2 daqiqa o‘qiladi

Navoz Sharif «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasi haqida

Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidan biri sanaladi, dedi Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif.

«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidir, uni bayroqdor loyiha deb ham atashmoqda, chunki uning maqsadi Sharqiy va G‘arbiy Osiyoni bog‘lashdan iborat», — degan Sharif.

Pokiston bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi loyihasi mintaqaning barcha davlatlari uchun ochiq, u geografik chegaralarga ega emas. Sharifning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadi — mintaqada tinch qo‘shnichilik va iqtisodiy ravnaq topishga yo‘naltirilgan.

«Mavjud mojarolarni muzokaralar va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish, kelgusi avlodlarga tinchlik va barqarorlikni meros qilib qolidirish fursati yetib keldi», — dedi Pokiston bosh vaziri.

Xitoy bu infrastrukturaviy loyiha uchun 46 milliard dollar sarflashni maqsad qilgan. Avtomobil va temir yo‘llarning keng tarmog‘i vositasida Pokistonning janubiy-sharqidagi Gvadar port shahrini Xitoyning Shinjong-Uyg‘ur muxtor tumani bilan birlashtirish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid