Jahon | 19:52 / 15.05.2017
8367
1 daqiqa o‘qiladi
Malayziya bojxonachilari 300 ming dollarlik noyob toshbaqalar kontrabandasiga chek qo‘ydi
Malayziya bojxona xodimlari dunyodagi eng yo‘qolib borayotgan yuzlab Madagaskar toshbaqalarining kontrabandasiga barham berdi. Bu haqda bojxona xizmati katta xodimi ma'lum qilgan.
AFP xabar qilishicha, 276 ming 784 dollarlik 330 dona noyob toshbaqa Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida yakshanba kuni aniqlangan, deya ma'lum qilgan Bojxona departamenti direktori o‘rinbosari Abdul Wahid Sulong.
Hayvonlarning barchasi tirik bo‘lgani qayd etilmoqda.
"Jonivorlar Etihad Airways aviakompaniyasi samolyoti vositasida Madagaskardagi Antananarivo aeroportidan keltirilgan".
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
16:14 / 31.08.2024
O‘zbekiston va Malayziya "Halol" sertifikatini joriy etishni muhokama qildi
23:39 / 26.08.2024
Malayziyada noma’lum suvosti obekti bilan to‘qnashgan harbiy kema cho‘kib ketdi
09:16 / 22.08.2024