Sport | 11:25 / 16.05.2017
9262
1 daqiqa o‘qiladi

Obameyangga 50 mln yevrolik maosh taklif qilishdi

Foto: Bild

Fabio Kannavaro bosh murabbiylik qilayotgan Xitoyning «Tyantszin Tsyuantszyan» jamoasi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang uchun juda saxiy taklif berdi.

France Football nashri xabariga ko‘ra, xitoyliklar bu 27 yoshli hujumchini nemislar jamoasidan 80 million yevro evaziga sotib olib, unga 50 mln yevro miqdorida yillik maosh to‘lamoqchi. Agar Obameyang bu taklifni qabul qilsa, dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Bundan oldinroq, Obameyang yozda «PSJ»ga o‘tishi, unga parijliklar yiliga 14 mln yevro miqdorida maosh to‘lashga rozi bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Gabonlik futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasi muddati 2020 yil yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda Obameyang Germaniya chempionatida 31 uchrashuv o‘tkazdi, 29 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

Mavzuga oid