«Krasnodar» sobiq murabbiyi «Paxtakor»ni boshqarishi mumkin
Rossiyaning «Krasnodar» klubi sobiq bosh murabbiyi Oleg Kononov ikkinchi davradan boshlab Toshkentning «Paxtakor» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda Tribuna.Uz xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, «Paxtakor» ikkinchi davradan boshlab jamoani boshqaradigan mutaxassisni xorijdan qidirmoqda. Bu yo‘lda jamoa birinchi navbatda Kononov bilan jiddiy qiziqmoqda.
20 kunda yana o‘zgarish. «Paxtakor»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kononovga qiziqayotgan faqat «Paxtakor» emas. Qozog‘istonning «Qayrat» klubi ham yozda Kononovni jamoaga taklif etishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Paxtakor» rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lgandi. Undan oldinroq esa jamoani rossiyalik milliarder Alisher Usmonov sotib olgani xabar qilingandi. Ammo bu xabar tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
19:04 / 01.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkaziladi
12:13 / 17.06.2024
Superliga. Alijonov qaytgan markaziy o‘yinda kuchlar teng keldi - fotojamlanma
13:39 / 30.05.2024