Assanj o‘ziga qilingan tuhmat va mahbuslikda qolayotganini kechirmasligini aytdi
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj ayblov e'lon qilinmasdan 7 yildan beri mahbuslikda qolayotgani va o‘z nomiga bildirilgan tuhmatni hech qachon esidan chiqarmasligini aytdi.
"Men ayblov e'lon qilinmasdan 7 yil mahbuslikda bo‘ldim, bu orada mening farzandlarim ulg‘aydilar, mening nomimni esa bulg‘alashdi. Men buni kechirmayman va unutmayman", deb yozdi Assanj tvitterdagi sahifasida.
Shvetsiya prokuraturasi 19 may kuni Shvetsiyada 2010 yilda nomusga tegish bo‘yicha gumon qilinayotgan Assanj ishi bo‘yicha tergovni to‘xtatganini ma'lum qildi.
Assanj Londonda 2010 yil 7 dekabrda Shvetsiya huquq-tartibot idoralari so‘rovi bilan ushlangan. Biroq bir necha kundan keyin garov evaziga ozodlikka chiqarilgan. U 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashab kelmoqda.
Shvetsiyada Assanjga nisbatan ish to‘xtatilgani e'lon qilingandan keyin London politsiyasi agar u elchixona binosini tark etsa, yana hibsga olinishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
09:14 / 26.06.2024
Wikeleaks asoschisi Assanj AQSh sudi tomonidan ozod qilindi
08:52 / 25.06.2024