Fan-texnika | 16:37 / 23.05.2017
8620
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi ilk robot-kema qurilishi boshlandi

Foto: YouTube/KONGSBERG Gruppen

Norvegiyaning Kongsberg Maritime kompaniyasi YARA Porsgrunn korporatsiyasi buyurtmasi asosida dunyodagi birinchi robotlashtirilgan yuk kemasini qurish ishlarini boshladi. Kema kompaniya mahsulotlarini avtomatik ravishda tashishda foydalaniladi. Bunday kemaga deyarli ekipaj talab qilinmaydi, uni dunyodagi birinchi muqobil robot-kema deb aytish mumkin. 

Avtomatik boshqaruv elementlari yangi kemaning barcha tizimlari bilan qo‘shiladi. Elektr o‘tkazgichlar, akkumulyator batareyalari, navigatsiya va harakatni boshqaruv tizimlari shular jumlasidan. Uning 2018 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

Sinovlarning ilk bosqichi kamsonli ekipaj a'zolari ishtirokida bo‘lib o‘tadi, 2019 yildan boshlab kema yarim muqobil ravishda yuklarni tashish ishlarini boshlaydi. 2020 yildan e'tiboran robot-kema ekipajsiz harakatlanadi. Kompaniya rejalariga ko‘ra, robot-kema, yuk mashinalarining 40 ming tashuviga teng bo‘lgan yuklarni tashiydi.  Bu esa avtomagistrallarni yuk mashinalaridan bo‘shatish maqsadiga xizmat qiladi. Bo‘lg‘usi kema ishlaydigan dasturlardan biri AUTOSEA hisoblanadi. U kemaning suvda to‘qnashib ketmasligi va xavfsizligini ta'minlaydigan ko‘plab datchiklarga ega. 

Ayni vaqtda, dunyodagi atigi bir necha kompaniya avtomatlashtirilgan dengiz transporti sohasida izlanishlar olib bormoqda. Kongsberg Maritime kompaniyasidan tashqari Rolls-Royce kompaniyasi bu yil shu kabi tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida Tekes agentligi grantiga ega bo‘ldi. Rolls-Royce o‘z loyihasi doirasida kemalarni quruqlikdan boshqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha infratuzilmalarni va bevosita robot-kemalarning avtomatik boshqaruvini ishlab chiqishi kerak. 

Mavzuga oid