Kaliforniya shtatida 10 kishi chipsdan zaharlandi
AQShning Kaliforniya shtatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining biri yonidan xarid qilingan makkajo‘xori-pishloqli chipslardan zaharlanish natijasida 1 kishi halok bo‘ldi, 9 nafari jarohat oldi. Chicago Tribune nashri shu haqida xabar berdi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, chipslarda oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘tkir zaharlanish va botulizmni avj oldiruvchi bakteriya bo‘lgan. Ta'kidlash joizki, bunday zaharlanish markaziy asab tizimiga ziyon yetkazadi. Zaharlanish natijasida 37 yoshli kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlarga mahalliy shifoxonalarda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Kaliforniya shtati Sog‘liqni saqlash departamenti test natijalariga ko‘ra makkajo‘xorili chipslar pachkalarida botulizmni keltirib chiqaruvchi bakteriya bo‘lganini tasdiqlagan.
Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, zaharlanish manbai hali aniqlanmagan, yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda chipslar uchun pishloqli sous ishlab chiqaruvchi korxonada tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024