Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston Markaziy banki raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich bugun, 23 may kunining ikkinchi yarmida 67 yoshida olamdan o‘tdi. Bu ma'lumotni Kun.uz saytining bir necha manbalari, xususan Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.
Manbalarning bildirishicha, marhum oxirgi yillarda betob edi, uning o‘limi shu xastalik tufayli ro‘y berdi.
Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich 1950 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgandi. 1971 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan Mullajonov 1991 yildan buyon Markaziy bank raisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston hukumatida eng ko‘p vaqt bo‘lgan yana bir davlat arbobi Bo‘ritosh Mustafoyev 68 yoshida xastalik tufayli olamdan ko‘z yumgandi.
Mavzuga oid
14:05 / 12.09.2024
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
15:30 / 09.09.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 39 mlrd dollarga yetdi. Bu – rekord ko‘rsatkich
17:04 / 05.09.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlardan biri bo‘ldi
16:07 / 22.08.2024