AQSh raketalarga qarshi mudofaa dasturlariga 7,9 mlrd dollar ajratmoqchi
AQSh ma'muriyati 2018 moliyaviy yilda raketalarga qarshi mudofaa bilan bog‘liq turli dasturlarning amalga oshirilishiga 7,9 mlrd dollar ajratmoqchi. Bu raqam joriy moliyaviy yilgi bu ko‘rsatkichdan 379 mln dollarga ko‘proqni tashkil qiladi. Bunday ma'lumotlar AQSh mudofaa vazirligining RQM bo‘yicha agentligi byudjyet loyihasida keltirilgan.
Jurnalistlar uchun maxsus brifingda agentlikning operatsiyalar bo‘yicha direktori Geri Pennettning ma'lum qilishicha, raketalarni Alyaska va Kaliforniyadagi shaxtalarda joylashgan raketalar yordamida parvozning oraliq bosqichida yo‘q qilish dasturiga 1,5 mlrd dollar ajratish mo‘ljallanmoqda. Shu bilan birga ushbu yil oxirigacha bunday raketalar miqdorini hozirgi 36 tadan 44 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Pennetning qo‘shimcha qilishicha, Pentagon 2018 yilda AQShning Atlantika sohilida ushbu dasturning radiolokatsion kuzatuv stansiyasini o‘rnatishning maqsadga muvofiqligi masalasini tadqiq qilish uchun 5 mln dollar va shunday obektni Gavayi orollarida barpo etishni boshlash uchun 21 mln dollar ajratmoqchi. Rejalarga ko‘ra, Gavayidagi radar 2023 yilgacha o‘rnatib bo‘linishi kerak.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024