G7 mamlakatlari migratsiya sabablarini bartaraf qilishga kelishib olishdi
"Katta yettilik" a'zolari Italiyaning Taorminidagi sammitda mamlakatlardagi migratsiya muammosini bartaraf qilishga sharoitlar yaratish uchun hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olishdi. Bu haqida RIA "Novosti"da xabar berildi.
G7 a'zolarining ta'kidlashicha, yirik ko‘lamli migratsiya dunyo trendiga aylandi, uni boshqarish xalqaro va milliy miqyosda muvofiqlashgan harakatlarni talab qiladi.
"Biz shuningdek, qonuniy, tartibli va xavfsiz migratsiyani ta'minlash uchun davlatlar oqimlarni boshqarish bo‘yicha mas'uliyatni taqsimlashi kerakligini tan olamiz", - deyildi sammitda.
"Yettilik" mamlakatlari yetakchilari migrantlarga yordamlashish zaruratini anglash bilan birga davlat rahbarlarining o‘z chegaralari ustidan nazorat qilish va qochqinlar qabul qilish limitlarini belgilash huquqini tasdiqlashdi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
13:40 / 19.09.2024
Vengriya YeIning migratsiya qoidalaridan voz kechmoqchi
00:50 / 19.09.2024