Xitoylik o‘quvchilar muzqaymoq deb noqonuniy ishga qo‘l urishdi
Xitoy chegara xizmati xodimlari ryukzaklarda Hongkongdan Xitoyga mobil telefonlar olib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 nafar o‘quvchini qo‘lga olishdi. Bu haqda The South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
Xuangan chegara punkti ishchilari o‘quvchilarning liq to‘la ryukzaklariga e'tibor qaratishgan. Tekshiruv vaqtida ularda umumiy qiymati 145 ming dollarlik 210 ta telefon aniqlangan.
O‘quvchilar chegarachilarga telefonlarni tashish orqali pul ishlab olishni istashmagani, ularga bu telefonlarni bergan kattalar ularni olib o‘tib berganlik uchun muzqaymoq yoki biror yegulik olib berishga va'da qilishganini aytishgan.
Chegarachilar o‘quvchilarga ularning bu ishlari noqonuniy ekanligini tushuntirishgan va ulardan telefonlarni musodara qilishgan.
Mavzuga oid
22:25 / 10.09.2024
Olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024