Jamiyat | 00:53 / 29.05.2017
6722
2 daqiqa o‘qiladi

Kann kinofestivalining bosh sovrinini shvetsiyalik rejissyor oldi

Foto: AP

28 may kuni Fransiyaning Kann shahrida yubiley sondagi 70-Kann kinofestivali o‘z ishini yakunladi. Festivalning bosh sovrini – "Oltin palma shoxi"ni shvetsiyalik rejissyor Ruben Ostlund "Kvadrat" filmi uchun oldi. Kinofestival yopilish marosimini italiyalik aktrisa Monika Beluchchi olib bordi.

Deyarli ikki hafta davomida butun dunyo ispaniyalik rejissyor Pedro Almodovar boshchiligidagi hakamlar hay'ati bosh sovrinni kimga berishi borasida taxminlar bildirib keldi. 

Quyida kinofestival sovrindorlari ro‘yxati keltirilgan:  

Oltin palma shoxi: "Kvadrat", rejissyor Ruben Ostlund.

Gran-pri: "Daqiqasiga 120 ta zarba", rejissyor Roben Kampiyo.

Hakamlar hay'ati mukofoti: "Sevgisizlik", rejissyor Andrey Zvyagintsev.

Eng yaxshi rejissyor: Sofiya Koppola.

Eng yaxshi ssenariy: Yorgos Lantimos, "Muqaddas bug‘uni o‘ldirish" va Linn Remsi, "Sen bu yerda hech qachon bo‘lmagansan".

Eng yaxshi aktrisa: Dayan Kryuger, "Imkon chegarasida".

Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks, "Sen bu yerda hech qachon bo‘lmagansan".

FIPReSSI mukofoti: "Daqiqasiga 120 ta zarba".

Shuningdek, festivalning ikkinchi ahamiyatdagi sovrini "O‘zgacha qarash"ni eronlik rejissyor Muhammad Rasulofning "Sotilmas" filmi oldi.

Mukofotning o‘zi – "Oltin palma shoxi" ishlov berilgan kristallga o‘rnatilgan, 24 qirotli oltindan yasalgan palma shoxidan iborat. Ushbu sovrinning tannarxi 20 ming dollarni, og‘irligi esa 1,2 kg ni tashkil qiladi. Biroq bu sovrinning qiymati albatta uning qimmatbaholigida emas: Kann kinofestivali jahonning eng nufuzli va bosh kinofestivali hisoblanadi.   

Mavzuga oid