Jahon | 21:27 / 29.05.2017
12092
2 daqiqa o‘qiladi

Makron: Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

Foto: RIA

RF prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘rtasidagi o‘zaro muzokaralar ochiq ruhda o‘tdi. Bu haqida Makronning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi

"Bu birinchi marta fikr almashishimiz, o‘ylashimcha, u juda ochiq ruhda o‘tdi, biz bir-birimizga ko‘p narsalarni ayta oldik. Men bir qator vaziyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarimni bayon qildim... O‘ylaymanki, aytilishi kerak bo‘lgan barcha gaplarni bir-birimizga aytdik", - dedi Makron Rossiya davlat rahbari bilan o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Shuningdek Fransiya yetakchisi Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘zladi. 

"Suriya davlatining yo‘q bo‘lishiga va bu mintaqadagi vaziyatning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", - dedi Makron. 

"Bu yerda ikki qizil chiziq bor: kimyoviy qurol qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik va tinch aholini gumanitar yordam bilan ta'minlash. Men Suriyadagi terrorchilarga qarshi urushda g‘alaba qozonmoqchiman va u yerdagi vaziyatni birgalikda barqarorlashtirishimizni istayman. Biz hamkorlikda shu ish ustida ishlaymiz", - deya qo‘shimcha qildi Fransiya prezidenti. 

Mavzuga oid