Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralari o‘zgartirilmoqda
27 may kuni o‘tkazilgan Senat yalpi majlisida senatorlar Jizzax viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bergan.
Shuningdek, senatorlar Xorazm viloyatining Xiva shahri va Xiva tumanining chegaralarini o‘zgartirish hamda Xiva shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi, Shahrisabz shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishgan.
Ta'kidlanishicha, mamlakat hukumati tomonidan kiritilgan ushbu takliflarning ma'qullanishi Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining ma'muriy-hududiy tuzilishini, hududlar batartib joylashishini va ularni boshqarish samaradorligini takomillashtirishga, mahalliy aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashadi, turizm sohasining yanada ildam rivojlanishiga turtki beradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 16 maydagi yig‘ilishida Xiva va Shahrisabz viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarga aylantirish haqidagi qaror qabul qilingandi.
Zomin tumani Parkent, Bo‘stonliq tumanlari singari paxta va g‘alla yetishtirmaydigan hududga aylanishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tumanning 20 ming gektardan ortiq paxta va g‘alla maydonlari Zarbdor tumaniga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:26 / 23.08.2024
Qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
18:36 / 12.08.2024
Zomindagi osma dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi
12:14 / 03.07.2024
Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
20:40 / 22.06.2024