Toshkent yaqinida Fransiya elchixonasi xodimi halok bo‘ldi
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xavfsizlik xizmati boshlig‘i dam olish kunlari vaqtida Toshkent yaqinidagi tog‘li hududda halokatga uchradi. Diplomatik missiya bergan ma'lumotga ko‘ra, u paraplanda uchish chog‘ida qulab tushgan.
Shuningdek u Turkmaniston va Tojikiston masalalari bilan ham shug‘ullangan.
"Ha, bizning elchixona xodimi Chimyonda paraplanda uchish vaqtida halokatga uchradi, u Fransiya fuqarosi edi. U elchixonaning xavfsizlik xizmati boshlig‘i hisoblanar edi", deya elchixona vakilining so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Hozirda marhumning jasadi Toshkentda qolmoqda, O‘zbekiston hukumati bilan jasadni vataniga qaytarish bo‘yicha muzokara o‘tkazilmoqda.
"Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 27 may, shanba kuni xodimlarimizdan biri Fransis Delega, operativ xavfsizlik xizmatiga mas'ulning baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz", — deyilgan elchixona rasmiy sayti xabarida.
Diplomatik missiya xodimlari marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etgan.
Fransis Deleg – professional paraplanchi bo‘lgan va har oyda ikki marta Chimyon tog‘larida paraplanda uchib turgan.
Mavzuga oid
12:04 / 13.08.2024
Chimyondagi tog‘da tobi qochib qolgan yigitga yordam ko‘rsatildi
10:03 / 17.07.2024
Chimyonda adashib qolgan ikki fuqaro qutqarildi
12:00 / 14.06.2024
Dam olish kunlari So‘qoq va Chimyonga boruvchi yo‘llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi
07:42 / 02.01.2024