Jahon | 01:18 / 01.06.2017
70220
3 daqiqa o‘qiladi

Moskva nima uchun dunyoning eng himoyalangan shahri?

Foto: RIA "Novosti"

AQShning The National Interest nashrining yozishicha, dunyoda yadroviy jangovar kallakli raketalar bilan himoyalangan faqat bitta shahar bor va u Moskvadir.

Nashrning ta'kidlashicha, dunyodagi eng himoyalangan shahar Vashington emas, bu – Moskva. Rossiya poytaxti "yadro soyaboni" ostida joylashgan sayyoradagi yagona aholi punktidir.

Gap shundaki, AQSh va sobiq Ittifoq tomondan 1972 yilda imzolangan raketalarga qarshi hujum bo‘yicha qurollarni nazorat qilish kelishuvida bir istisno mavjud bo‘lgan. Unga ko‘ra kelishuv barcha raketalarga qarshi tizimlarni taqiqlamagan. Tomonlardan har biri yuztagacha raketa bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir dona RQM tizimiga ega bo‘lishga haqi bo‘lgan. Shu bilan birga bunday tizimni istalgan joyda joylashtirish mumkin bo‘lgan. 

AQSh Safeguard tizimini Shimoliy Dakota shtatidagi Grand Forks harbiy aviabazasi atrofida joylashtirishga qaror qilgan, biroq bu tizim qisqa muddat ishlagan, so‘ngra demontaj qilingan.

"Aniqlanishicha, bir dona, yagona hududni o‘ta qimmatbaho tizim yordamida himoyalash ma'nosiz bo‘lgan", deb yozmoqda NI.

Sobiq Ittifoqda esa o‘zgacha vaziyat bo‘lgan – Moskvaning atom bomba bilan vayron qilinishi mamlakatni javob zarbasini berish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan, chunki qo‘mondonlik Moskvada joylashgandi. Natijada Moskvani yadroviy urush vaziyatida omon qolishini ta'minlaydigan havo hujumiga qarshi mudofaa tarmog‘i A-35 paydo bo‘lgan.

Dastlabki g‘oyaga ko‘ra, Moskva atrofida raketalarga qarshi 32 ta maydonchani tashkil etish ko‘zda tutilgan. Vaqt o‘tishi bilan ularning miqdorini kamaytirishga qaror qilingan, biroq endi raketalar yadroviy kallaklar bilan jihozlangan, bu esa ularning samaradorligini anchagina oshirgan.

Maqolada aytilishicha, bir o‘qni ikkinchi o‘q bilan to‘xtatish o‘rniga, RQM tizimi bu o‘qni o‘z vaqtida portlatiladigan qo‘l granatasi yordamida yo‘q qiladi.

Ikki tomonning yadroviy qurol-aslahasi muntazam ko‘paygani sababli, 1970-yillarda A-35 tizimini yangilangan A-135 tizimi bilan almashtirishga to‘g‘ri kelgan. Dastlabki 32 ta qurilmaga yana 68 ta yangisi qo‘shilgan va Moskva ixtiyorida, RQM kelishuvida ruxsat berilgandek, 100 ta raketalarga qarshi qurilma vujudga kelgan.

 

Mavzuga oid