Putin barcha davlatlarni "geosiyosiy o‘yinlar"ga chek qo‘yishga chaqirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon iqtisodiyoti oldida uzoq muddatli ishlar ko‘pligi, ularning "geosiyosiy o‘yinlar" va "fitnalar"ga o‘rin qoldirmasligini aytdi. Bu haqida Putinning "Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi-2017"dagi so‘zlariga asoslanib, RBK nashri xabar berdi.
Rossiya prezidenti butun dunyo "katta tsivilizatsion chaqiriqlar"ga to‘qnash kelayotgani, inson faoliyati va tabiiy jarayonlar natijasida "sayyora ekotizimiga og‘irlik tushayotgani"ni ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiyalar hayot tarzini o‘zgartirish va yangi kasblarni shakllantirish bilan birga yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirmoqda. Putin bu muammolarning barchasi chuqur o‘rganish va turli mamlakatlarning hamjihatlikdagi xatti-harakatlarini talab qiladi, deb hisoblaydi.
"Biz fitnalar, ziddiyatlar, geosiyosiy o‘yinlarga kuch va vaqtimizni sarflashimiz kerak emas, bunga haqqimiz ham yo‘q", - dedi RF prezidenti.
Uning aytishicha, dunyodagi muammolarni hal qilish uchun "donolik", nostandart qarorlar hamda mamlakatlararo hamkorlikning yangi formatlarini birgalikda qidirish kerak bo‘ladi.
"Faqat birgalikda, kuchlarni birlashtiribgina hozirgi nomuvofiqlikni yengib o‘tish va jahon iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta'minlash, savdo va haqqoniy raqobatning adolatli qonunlarini ishlab chiqish, qashshoqlik darajasini pasaytirish, terrorizm, mintaqaviy mojarolar, millatchilik va ksenofobiyaning tarqalishiga qarshi kurashish mumkin", - dedi Putin.
Bu muammolarni hal qilish uchun Rossiya BMT va JSST salohiyatidan faolroq foydalanishni, shuningdek Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi maydonida maxsus yoshlar seksiyasini yaratishni taklif qildi.
Mavzuga oid
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanishga» va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024