Jahon | 20:55 / 02.06.2017
22522
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShga musulmonlar kirishini yana taqiqlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati oliy sudga AQShga 6 ta musulmon davlat fuqarolarining kirishini taqiqlovchi farmonning kuchga kiritilishi iltimosi bilan murojaat qildi.

"Biz oliy sudga uning prezident Tramp farmoni bo‘yicha fikrini bilish uchun murojaat qildik", deb aytdi AQSh adliya vazirligi matbuot kotibi Sara Isger Flores. 

"Prezident Trampning farmoni uning vakolatlari doirasida xalqimizni terrorchilikdan himoya qilish uchun qabul qilingan", deb ta'kidlab o‘tdi Flores.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining farmoni bilan mart oyi boshida AQShga 6 ta musulmon davlat – Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolarining kirishini taqiqlagandi. Farmon ba'zi sud instansiyalarining qarshiligi tufayli kuchga kirmagandi.

Mavzuga oid