«Yuventus»ning 200ga yaqin muxlisi YeChL finali vaqtida jabrlandi (video)
Italiyaning "Yuventus" klubining bir necha muxlislari Turinda Chempionlar Ligasi finalini tomosha qilish vaqtida jabrlanishdi. Bu haqda AFP portali xabar bermoqda.
3 iyunda "Yuventus" Kardiffda o‘tgan Chempionlar Ligasi finalida Madridning "Real" klubiga 4:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Yuve"ning 20 mingga yaqin muxlisi Turindagi San-Karlo maydoniga uchrashuvni tomosha qilgani to‘plangandi. Tomosha vaqtida noma'lum kimsa petardani portlatishi oqibatida odamlar orasida sarosima boshlangan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida 3 yoshli bola yo‘qolib qolgan.
"Real" Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki mavsum g‘olib bo‘lgan ilk jamoaga aylandi. "Yuventus" esa Yevropaning klublaro bosh musobaqasi finalida 7 marotaba mag‘lub bo‘ldi va bu o‘ziga xos antirekord hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023
UYeFA «Yuventus»ni Konferensiyalar ligasidan chetlatdi
23:14 / 14.07.2023
«Yuventus» Superliga g‘oyasidan voz kechdi – loyiha ham «o‘limiga» yaqinlashmoqda
11:43 / 19.05.2023