Jamiyat | 17:10 / 05.06.2017
26622
1 daqiqa o‘qiladi
Olimlar Nyu-Yorkni «cho‘ktirishdi»
Ijtimoiy tarmoqlarda two °C — New York City nomli video paydo bo‘ldi, unda Yerdagi o‘rtacha harorat oshishi tufayli Amerika shahrining suv ostida qolishi ko‘rsatib berilgan. Video Vimeo-kanalda Claire&Max tomonidan taqdim etildi.
Ushbu rolik mualliflari hisoblangan olimlar 2100 yilda global isish natijasida boshqa shaharlar qatori Nyu-York ham suv ostida qolishi mumkin, deb hisoblashadi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, muzliklar faol eriy boshlaydi, dengiz qirg‘oqlari yaqinidagi aholi punktlari esa suv ostiga g‘arq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular ba'zi orollarning ham yo‘qolish xavfidan ogohlantrishgan.
Mavzuga oid
12:44
Har 100 ta so‘z uchun yarim litr suv. Sun’iy intellekt chatbotlari jiddiy ekologik muammolarni yuzaga keltiradimi?
09:20 / 09.09.2024
Suv havzalarida motorli transport vositalari harakatiga ruxsat beriladi
12:22 / 06.09.2024
Portugaliya suv resurslari barqarorligiga sarmoya kiritishga chaqirmoqda
09:02 / 03.09.2024