Kia yangi ixcham krossoverining dizaynini namoyish qildi
Janubiy Koreyaning Kia avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ixcham krossoveri — Stonic tizerlarini namoyish qildi. G‘arbiy Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan model 2017 yil ikkinchi yarmida bozorga chiqariladi.
Kia kompaniyasida izoh berishlaricha, yangi mashina nomi ikkita so‘zdan: Speedy («tez») va Tonic («tonika» — musiqada asosiy tovush) so‘zlaridan tashkil topgan. U krossoverning dinamiklik xususiyatini qayd etadi hamda «B-SUV oilasiga qandaydir yangicha havo olib kiradi».
Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, modelga 2017 yil 13 iyun kuni taqdimoti kutilayotgan Hyundai Kona asos bo‘lgan. Ehtimol, ikkala krossover ham 1,4-1,6 l benzinli motor va 1,6 l dizel motor bilan taklif qilinsa kerak. Hozircha, modellar qatorida barcha g‘ildiraklari yetakchi avtomobillar paydo bo‘ladimi-yo‘qmi, noma'lum.
E'lon qilingan suratlarga ko‘ra, unda modelning seriyaoldi namunasi aks etgan.
Hozircha, Kia Stonic qachon rasman taqdim etilishi ham ma'lum emas.
Mavzuga oid
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024
Yangilangan Kia K5 Turbo intereri: zamonaviylik va qulaylik
19:00 / 27.07.2024
O‘zbekistonda yangilangan Kia K5 biznes-sedanining sotuvlari boshlandi
13:00 / 10.07.2024