Jahon | 12:33 / 07.06.2017
10193
1 daqiqa o‘qiladi

Tehrondagi maqbaraga hujum qilgan terrorchilardan biri o‘zini portlatdi

Tehrondagi oyatulloh Xomeyni maqbarasiga  hujum qilganlardan biri xudkush terrorchi bo‘lgan. FarsNews xabariga ko‘ra, u o‘zini maqbara ichida portlatib yuborgan.

Mehr agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum vaqtida 5 kishi jarohatlangan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmayapti.

Maqbaraga hujum qilgan ikki kishi qo‘lga olingani aytilmoqda.

Bugun, 7 iyun tongida Eron parlamentiga ham hujum uyushtirildi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, hujum qilganlar soni 3 kishi bo‘lib, ular bir kishini o‘ldirgan, 10ga yaqin kishini jarohatlagan va odamlarni garovga olgan.

Mavzuga oid