Jahon | 12:25 / 09.06.2017
14138
1 daqiqa o‘qiladi

Xrushchyovning nabirasi Moskva viloyatida halok bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Sobiq Ittifoq kommunistik partiyasi markaziy kengashi birinchi kotibi Nikita Xrushchevning nabirasi (asrab olgan qizi) Moskva viloyatida elektropoyezd tagida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda TASS va «RIA Novosti» agentliklari manbalarga asosan xabar berishdi. Keyinchalik «Interfaks» agentligining xabar berishicha, Rossiya tergov qo‘mitasining transport bo‘yicha boshqarmasi vakili Tatyana Morozova Yuliya Xrushcheva halok bo‘lganini tasdiqladi. Uning aytishicha, ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Ayol Moskva temir yo‘lining Kiyev yo‘nalishidagi Solnechnaya bekatida elektropoyezd tagida qolgan.

Yuliya Xrushchyova 1940 yilda sobiq Ittifoq kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Nikita Xrushchyoning o‘g‘li Leonid oilasida dunyogan kelgan. Leonid Xrushchyov bedarak yo‘qolganidan so‘ng, sobiq Ittifoq rahbari o‘z nabirasini qizi sifatida asrab olgan.

 

Mavzuga oid