Iqtisodiyot | 18:55 / 09.06.2017
15938
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Banki rahbari rubl qiymatini o‘zgartirish haqida gapirdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya Banki rahbari Elvira Nabiullinaning Davlat dumasidagi chiqishi davomida ma'lum qilishicha, rublning denominatsiyasi (qiymatini o‘zgartirish) rejalashtirilmagan.

«Hech qanday qiymatning o‘zgartirilishi rejalashtirilmagan», - dedi u.

Nabiullinaning qo‘shimcha qilishicha, dizayn va kupyuralarning himoyasini yaxshilash mo‘ljallanmoqda.

May oyi oxirida Rossiya Banki raisining birinchi o‘rinbosari Georgiy Luntovskiy 200 va 2000 rubllik qiymatga ega yangi kupyuralar 2017 yilning oktabrida muomalaga kiritilishi haqida ma'lum qildi.

Mavzuga oid